Isroil mudofaa armiyasi 22 iyun kuni Eronning harbiy infratuzilmasiga hujumlarini davom ettirdi. SAXAL xabariga ko‘ra, Isfahon, Busher, Ahvaz hamda Yazd shaharlaridagi raketa va dronlarni uchirish uskunalari joylashgan ob’ektlar nishonga olingan.
Xabar berilishicha, Isroilning 30 ta harbiy samolyoti Eron bo‘ylab o‘nlab harbiy ob’ektlarni nishonga olgan, bunda 60 dan ziyod bombalardan foydalanilgan.
"Hujum qilingan ob’ektlar orasida Yazddagi “Imom Husayn” nomli qo‘mondonlik markazi ham bor. Bu yerda “Xurramshehr” uzoq masofali raketalari saqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq aynan shu markazdan Isroilga taxminan 60 ta raketa uchirilgan edi", deyiladi SAXAL bayonotida.