Prezidentning 2024 yil 14 martdagi qarori bilan «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilib, boshqarish ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berilgan edi.
Kompaniya tomonidan 2024 yilda 798 ta (2023 yilning mos davrida 1340 ta) eksport qiluvchi korxonalarga 311,4 mlrd so‘m (2023 yilning mos davrida 409,5 mlrd so‘m) miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 248 ta (2023 yilning mos davrida 304 ta) korxonaga eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklariga 241,2 mln dollar (2023 yilning mos davrida 262,3 mln dollar) miqdorida moliyaviy resurslar ajratilgan bo‘lib mazkur korxonalar tomonidan jami 1953,1 mln dollar (2023 yilning mos davrida 1661,6 mln dollar) miqdorida eksport amalga oshirilishiga erishildi.
Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, Kompaniya tomonidan 2023 yilda sarflangan har 1 dollarga nisbatan o‘rtacha 5,6 dollar eksport amalga oshirilgan bo‘lsa, 2024 yilda ushbu ko‘rsatkich 7,4 dollarni (32 foizga o‘sgan) tashkil qilgan.