Litvada DHL yuk samolyotining qulashi ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkin, dedi Bundesver bosh inspektori.
Inspektori Karsten Broyerning fikricha, Vilnyusda DHL yuk samolyotining qulashi Rossiya Federasiyasi tomonidan "zaif tomonlarni aniqlash uchun sinov" bo‘lishi mumkin.
"Biz joriy yilning yozida shunga o‘xshash hodisani boshdan kechirgan edik, sodir bo‘lgan voqealar bu sxemaga mos keladi", — dedi Broyer ARD telekanalida.
Bundesver bosh inspektoriga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin "gibrid vaziyat"ni yaratgan.
25 noyabr kuni ertalab Leypsigdan uchayotgan DHL yuk samolyoti Vilnyusdagi turar-joy binosi yaqinida favqulodda qo‘nish chog‘ida yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Litva rasmiylari hodisa na yuzasidan tergov boshladi, unda germaniyanlik ekspertlar ham ishtirok etmoqda.