Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

«Savdogarbank» 28 yillik faoliyatidan so‘ng o‘z nomini o‘zgartirishga tayyorlanmoqda

«Savdogarbank» 28 yillik faoliyatidan so‘ng o‘z nomini o‘zgartirishga tayyorlanmoqda

Yagona korporativ axborot portali ma’lumotlariga ko‘ra, «Savdogarbank» 28 yillik faoliyatidan so‘ng o‘z nomini o‘zgartirishga tayyorlanmoqda.

Rebrending qarori aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida bir ovozdan ma’qullandi. Unda kvorumni ta’minlagan holda bankning 99,49% aksiyalari egalari ishtirok etdi.

«Bankning nomi „Garant Bank» aksiyadorlik jamiyati deb o‘zgartirilsin va bank ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin», — degan tashabbus shu tahrirda bildirildi.

Bank rahbariyatiga bank nomini o‘zgartirish bilan bog‘liq choralar ko‘rish topshirildi. Qayd etish kerak, nizomning yangi tahriri Markaziy bankdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

Rauf Komiljonov endi «Savdogarbank» aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi. 2021 yil noyabr oyida u 53,53% aksiyalarni sotib oldi, mart oyida esa yana 45,7% ini birja orqali 71,3 mlrd so‘mga xarid qildi.

Yaqin vaqtgacha Komiljonov «Makro» do‘konlar tarmog‘ini boshqaradigan «Darvoza savdo» MCHJning 11% ulush egasi sifatida ham ko‘rsatilgan edi (hozirda kompaniya to‘liq «Orient Group»ga tegishli).

Savdogarbank zarar ko‘rganlar qatoriga kiradi: 2021 yilning birinchi yarmida moliyaviy yo‘qotishlar 24,2 mlrd so‘mni, uchinchi chorakda esa 10,8 mlrd so‘mni tashkil etdi (butun 2021 yil uchun hisobot hali e’lon qilinmagan). Shu bilan birga, 2020 yilda bank 14,2 mlrd so‘m foyda olgandi.

Kiritildi: 22:09 30.06.2022. O'qildi: 3635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!