Sariosiyo tumanida «Aeroport» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.M. xonadonida faoliyat yuritayotgan «sauna» gaz quvuriga hisoblagichsiz o‘g‘rincha ulanib olgani aniqlandi.
Kamiga gazso‘rg‘ich uskunasi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Qoidabuzarlik «O‘zenergoinspeksiya» Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, gaz ta’minoti korxonasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlandi.
Buning oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 88 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.