«Kinmemai Premium» qo‘lda saralangan hunarmandlar guruchi “Ginnesning rekordlar kitobi”ga dunyodagi eng qimmat guruch sifatida kiritilgan.
Uning narxi bir kilogramm uchun 109 dollarga yetadi (rekord 2016 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
Ishlab chiqaruvchi - Yaponiyaning “Toyo Rice corporation” kompaniyasi.
Kamdan-kam uchraydigan nodir guruch navi qariyb yigirma yil oldin ishlab chiqilgan patentlangan texnologiya asosida olti oy davomida maxsus saqlanilgan, qo‘lda tanlangan donalardan iborat.
“Kinmemai Premium” guruchi boshqa guruchlardan yuqori ozuqaviy qiymati bilan farqlanadi. Unda olti baravar ko‘p 456 aminokislotadan tashkil topgan tabiiy immunitetni kuchaytiruvchi vosita - lipopolisaxaridlar, 1,8 barobar ko‘proq tola va yetti baravar ko‘p V1 vitamini mavjud.
G‘ayrioddiy ko‘rinishi barobarida, shirin olmosga o‘xshash donalar yong‘oq ta’m va o‘ziga xos xushbo‘ylikka ega.
Bu xususiyatga boshoqli o‘simlikning faqat yeyilmaydigan dumbul qatlami olib tashlanib, polirovka (aytgancha u ham patentlangan) qilish tufayli erishiladi.