Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiyaga Haj ziyorati uchun 600 mingdan ortiq xorijlik yetib bordi

Saudiyaga Haj ziyorati uchun 600 mingdan ortiq xorijlik yetib bordi

Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi ma’lum qilishicha, hozirgacha mamlakatga quruqlik, havo va dengiz orqali 600 mingdan ortiq ziyoratchi borgan. Bu Haj mavsumi uchun taqdim etiladigan umumiy vizalarning 42 foizini tashkil etib, xorijiy ziyoratchilar oqimi tezlashib borayotganini ko‘rsatadi.

Haj va Umra ishlari vaziri Tavfiq Al-Rabia 1446-hijriy yil Haj mavsumiga tayyorgarlik doirasida muqaddas joylardagi infratuzilma va xizmatlarni shaxsan ko‘zdan kechirgan. U xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning jihozlari, joylashtirish rejalari va xizmatlar sifatini ham tekshirgan.

Joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar doirasida Mino vodiysida 200 o‘rinli yangi shifoxona, piyodalar yo‘llari bo‘ylab 71 ta birinchi yordam punkti, Namira masjidi yaqinidagi 85 ming kvadrat metrlik maydonda soyabonlar va sovutish tizimlari, 320 ta soyabon hamda 350 ta suv purkagichli ventilyator o‘rnatilishi, shuningdek, vodiydagi 2116 ta eski hojatxona o‘rniga 61 ta ikki qavatli zamonaviy majmua qurilib, jami 5600 dan ortiq hojatxona ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “Yashil Saudiya Arabistoni” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan “Yashil muqaddas joylar” loyihasiga muvofiq, 290 ming kvadrat metr maydonga 20 ming tup daraxt ekilgan.

Kiritildi: 23:06 20.05.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!