Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Saudiya rasmiylari: “Hajda har bir qadam raqamli boshqaruv ostida”

Saudiya rasmiylari: “Hajda har bir qadam raqamli boshqaruv ostida”

Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi ziyoratchilar soni 1,07 million nafarga yetdi, bu haqda Arab News mamlakat Haj va Umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiaga asoslanib xabar berdi.

Qo‘shma matbuot anjumanida Haj va Umra, sog‘liqni saqlash, transport va OAV ishlari vazirlari ziyorat mavsumi uchun strategik va amaliy rejalarini taqdim etdi.

Haj va Umra ishlari vaziri ma’lum qilishicha, bu yil 1,4 milliondan ortiq Nusuk smart-kartalari berilgan va Nusuk ilovasi orqali 30 dan ortiq yangi raqamli xizmat ishga tushirilgan. Raqamli platforma ziyorat jarayonini to‘liq, jumladan, ruxsatnomalar olish, harakatlanish, tavsiyalar va real vaqt rejimida yangilanishlarni o‘z ichiga olgan holda, yetib kelishdan jo‘nab ketishgacha qo‘llab-quvvatlaydi.

Ar-Rabia Mino va Arafotdagi ziyoratchilar lagerlarida joylarni taqsimlash endilikda odamlar oqimini boshqarish tizimlariga to‘liq integrasiya qilinganini ma’lum qildi.

«Biz bu mavsumga avvalgisi tugashi bilanoq tayyorgarlikni boshladik. Raqamli ruxsatnomalardan tortib, joylardagi tekshiruvlargacha — bizning maqsadimiz barcha uchun xavfsiz va samarali ziyoratni ta’minlashdir», — dedi vazir.

Kiritildi: 19:37 31.05.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!