Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Saudiya Qiroli koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi

A A A
Saudiya Qiroli koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon COVID-19 vaksinasining birinchi dozasini qabul qildi.Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligi 8 yanvar kuni xabar qildi.

“Bugun ikki muqaddas masjidning qo‘riqchisi (Qirol Salmon) vaksinani qabul qildi. Xudo uni asrasin. Qirolning ushbu tashabbusi Saudiyaning virusni davolashdan ko‘ra uni oldini olishga ko‘proq e’tibor berayotganidan dalolatdir” deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Tavfiq Ar-Robia.

Bundan avval Saudiya hukumatining bir qator mulozimlari, jumladan, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon ham Pfizer kompaniyasi vaksinasi bilan emlangandi.

Saudiyada hozirgacha bir million kishi vaksina qabul qilish onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 100 ming nafari emlanib bo‘lgan. Bu mamlakatda 8 yanvar holatiga ko‘ra 363 582 kishi koronavirusga chalingan va ularning 6282 nafari vafot etgan.

Kiritildi: 18:40 09.01.2021. O'qildi: 2178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!