Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistoniga Yaman va Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi guruhlar hujum qilishi mumkin

Saudiya Arabistoniga Yaman va Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi guruhlar hujum qilishi mumkin

Reuters agentligining saudiyalik yuqori martabali manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi nazorati ostida mamlakatga ikki tomondan muvofiqlashtirilgan hujumlar uyushtirilishini kutmoqda. Hujumlar shimoldan Iroq jangarilari, janubdan esa Yamandagi husiylar tomonidan amalga oshirilishi ehtimoli yuqori.

Ismi sir qolishini istagan rasmiyning aytishicha, Saudiya Arabistoni, AQSh va mintaqadagi boshqa mamlakatlar razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolik hamda iqtisodiy ob’ektlar nishonga olinishi mumkin. Bularga energetika infratuzilmasi, portlar va aeroportlar kiradi.

"Saudiya Arabistoni dron va raketalarning faol ravishda ko‘chirilayotganini kuzatmoqda. Bu har ikkala yo‘nalishdan birgalikda qurolli amaliyot o‘tkazilishidan darak beradi. Ar-Riyod har qanday tajovuzga javob berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor", — dedi Reuters manbasi.

Iyul oyining oxirida Saudiya Arabistoni o‘zining neft ob’ektlariga qilingan dron hujumlarida husiylar va Iroqdagi kuchlarni aybladi hamda AQSh Markaziy qo‘mondonligi bilan birgalikda Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlarga zarbalar berdi. Iroq guruhlari esa bu zarbalarga javob qaytarishni bildirdi.

Kiritildi: 14:10 08.08.2026. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!