Xabar berilishicha, Jidda va Jizan hududlaridagi neft infratuzilmasida yong‘inlar kelib chiqqani xabar qilinmoqda. Shuningdek, Yanbudagi ob’ektlarga ham zarbalar berilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, raketa va dronlar Yaman husiylari nazorati ostidagi hududdan uchirilgan.
Jabrlanganlar va yetkazilgan zarar ko‘lami haqidagi ma’lumotlar hozircha noma’lum. Ar-Riyod va Jidda aeroportlarida parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan.