Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistonidagi Rossiya-AQSh muzokaralari mazmuni oshkor etilmaydi - Kreml

Saudiya Arabistonidagi Rossiya-AQSh muzokaralari mazmuni oshkor etilmaydi - Kreml

24 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralarining mazmuni e’lon qilinmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Gap texnik muzokaralar haqida ketmoqda. Bu muzokaralarda detallar juda batafsil muhokama qilindi, shuning uchun bu muzokaralar mazmuni, albatta, oshkor etilmaydi. Buni kutmaslik kerak», dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralardagi nutqlar hozir tahlil qilinmoqda. Faqat keyinroq qandaydir xulosalar haqida gapirish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, CBS News telekanali Rossiya-Amerika muzokaralari natijalari bo‘yicha bayonot Moskva vaqti bilan soat 11:00 da e’lon qilinishi kerak, deb yozgan edi.

Reuters nashrining yozishicha, bayonot «ijobiy» bo‘lishi kerak. Qo‘shma bayonot mazmuni Moskva va Vashingtonga ma’qullanishi uchun yuborilgan.

Kiritildi: 19:21 25.03.2025. O'qildi: 1069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!