Saudiya Arabistoni sharqidagi Dahron shahrida joylashgan Saudi Aramco neft kompaniyasining bosh qarorgohi hujum oqibatida jiddiy zarar ko‘rdi.
Bu haqda Reuters agentligi vaziyatdan xabardor uchta manbaga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, zarbadan keyin kelib chiqqan yong‘in binoning oltinchi qavatidan o‘ninchi qavatigacha tarqalgan.
Manbalardan birining bildirishicha, kompaniya rahbari Amin Nosirning ish kabineti joylashgan yuqoridagi uchta qavat jiddiy shikastlangan.
Binoning ayrim qismlarida shift qulab tushgan, deraza va eshiklar singan.
Shunga qaramay, majmua faoliyati odatiy tartibda davom etgan. Biroq xodimlarning bir qismi masofaviy ishlash tartibiga o‘tkazilgan.