Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistonida 12 mingdan ortiq noqonuniy migrant qo‘lga olindi

A A A
Saudiya Arabistonida 12 mingdan ortiq noqonuniy migrant qo‘lga olindi

Rasmiy hisobotga ko‘ra, Saudiya Arabistoni rasmiylari bir hafta ichida yashash, ishlash va chegara xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun 12 436 kishini hibsga oldi.

22-28 sentyabr oralig‘ida jami 6 911 kishi yashash qoidalarini buzganlik uchun hibsga olingan bo‘lsa, 3 249 nafari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlari, yana 2 276 nafari mehnat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hibsga olingan.

Hisobot shuni ko‘rsatdiki, qirollikka noqonuniy kirishga uringani uchun hibsga olingan 198 kishidan yana 44 kishi qo‘shni davlatlarga o‘tmoqchi bo‘lgan va 8 nafari qoidabuzarlarni tashish va yashirishda ishtirok etganlik uchun qamoqqa olingan.

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi qirollikka noqonuniy kirishga ko‘maklashgan, jumladan, transport va boshpana bilan ta’minlashda yordam bergan har qanday shaxs ko‘pi bilan 15 yilgacha qamoq jazosi, 1 million SR (260 ming dollar)gacha jarimaga tortilishi yoki avtomashinalari musodara qilinishi mumkinligini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:27 03.10.2022. O'qildi: 3065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!