Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun onlayn turistik vizani tikladi

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun onlayn turistik vizani tikladi

Endi O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga 1 yillik turistik vizani onlayn tarzda rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yangilik tadbirkorlar, ziyoratchilar va sayohat ixlosmandlari uchun katta qulaylik yaratadi.

Yangi tartibga ko‘ra, turistik vizani 1 yil muddatga rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, bu jarayon to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Viza to‘lovi 107 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ariza berish jarayoni uchun fuqarolar evisa.visitsaudi.com sayti orqali murojaat qilishi mumkin. Viza rasmiylashtirishda asosiy talablardan biri – to‘liq shaklda to‘ldirilgan onlayn anketa va amaldagi pasport hisoblanadi.

Viza faqatgina turistik maqsadlarda beriladi va boshqa faoliyat turlariga ruxsat bermaydi.

Kiritildi: 17:20 12.07.2025. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!