Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni Ukraina dronlarini sotib olishni rejalashtirmoqda

Saudiya Arabistoni Ukraina dronlarini sotib olishni rejalashtirmoqda

Saudiya Arabistoni Ukrainada ishlab chiqarilgan dron-perexvatchiklarni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, dunyodagi eng yirik neft eksportchisi hisoblangan Saudi Aramco kompaniyasi Eron dronlaridan neft konlarini himoya qilish maqsadida ukrainalik ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Gap Ukrainadagi ikki kompaniya — SkyFall va Wild Hornets ishlab chiqarayotgan dronlar haqida bormoqda. Bu apparatlar dushman dronlarini urib tushirish yoki ular yonida portlash orqali yo‘q qilish imkoniga ega.

Shu bilan birga, Saudiya rasmiylari ukrainalik Phantom Defense kompaniyasi bilan dronlar aloqasini bostirishga mo‘ljallangan radioelektron kurash tizimlarini xarid qilish masalasini ham muhokama qilmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, Saudi Aramco bu xaridlar orqali o‘z hukumati va mintaqadagi raqobatchilaridan, jumladan Qatar dan oldinlab ketishni maqsad qilgan.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy ukrainalik mutaxassislar perexvatchi dronlar bilan Iordaniya ga yuborilganini ma’lum qilgan edi. Ularning vazifasi AQSh so‘roviga ko‘ra amerikalik harbiy bazalarni himoya qilishdan iborat.

Zelenskiyning aytishicha, dronlar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Ukrainaga hozirgacha 11 davlat, jumladan Eronga yaqin hududda joylashgan mamlakatlar, ayrim Yevropa davlatlari va AQSh murojaat qilgan.

Kiritildi: Bugun 18:26. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!