Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistoni terma jamoasiga fransiyalik yangi bosh murabbiy tayinlandi!

Saudiya Arabistoni terma jamoasiga fransiyalik yangi bosh murabbiy tayinlandi!

Erve Renar Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qaytdi.

Fransiyalik murabbiy Roberto Manchini bilan shartnoma bekor qilinganidan keyin ushbu o‘rinni egalladi.

Renar ikkinchi marta jamoa boshqaruviga kirishadi. Birinchi bosqich 2019 yilda boshlanib, 2023 yilda yakunlangandi.

O‘shanda jamoa JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi va Argentinani guruh bosqichida mag‘lub etgandi.

Renar xorijliklar o‘rtasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan g‘alaba qozonilgan o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchilik qiladi.

Kiritildi: 12:41 27.10.2024. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!