Bu haqda qirollik sarmoya vaziri Xolid al-Folih bayonot berdi.
Sarmoyalar asosan ko‘chmas mulk va infratuzilma loyihalari sohasiga — 2,93 milliard dollar, telekommunikasiya sohasi va IT texnologiyalari uchun — 1,07 milliard dollar kiritiladi.
Saudiya Arabistonining 100 dan ortiq kompaniyalari ishtirokida 47 ta shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
Al-Folih shuningndek, uning Suriyaga tashrifi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon amri bilan tashkil etilgani va qirollikning Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashini namoyish etishini ta’kidladi.
Oldinroq Qatar Suriyaga 7 milliard dollar va BAA 800 million dollar sarmoya kiritishini e’lon qilgan edi.