Saudiya Arabistoni, Qatar va Iordaniya hukumati G‘azo sektoridagi urushdan keyingi tinchlikparvarlik missiyasida ishtirok etish uchun o‘z tinchlikparvar kuchlarini yuborish niyatida emas.
Bu haqda The Times of Israel yozmoqda.
Bu ma’lumotni nashrga ikki suhbatdosh tasdiqlagan. Arab manbasi Iordaniya, Qatar va Saudiya Arabistonining rad javobini bu tinchlikparvarlik missiyasi «Isroilni falastinliklardan himoya qilish» kabi ko‘rinishi bilan izohladi.
Shu bilan birga, Misr va BAA missiyada ishtirok etish niyatini tasdiqladi, biroq bir qancha shartlarni qo‘ydi. Ular orasida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu rad etayotgan «ikki xalq uchun ikki davlat» konsepsiyasi doirasida amalga oshirilishi talabi bor.