Bugun 1 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoni husiylarga qarshi yirik harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rmoqda — The Guardian

Saudiya Arabistoni husiylarga qarshi yirik harbiy amaliyotga tayyorgarlik ko‘rmoqda — The Guardian

Saudiya Arabistoni Yamandagi husiylarga qarshi yirik harbiy amaliyot o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ehtimoliy harbiy reja Qizil dengizdagi operasiyalar, shuningdek, Yaman markaziga quruqlikdan hujum qilishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Saudiya tomoni bunday harakatlarni husiylarning mamlakatdagi neft ob’ektlariga hujumlari hamda Qizil dengizda kemalar harakatiga to‘sqinlik qilayotganiga javob sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Agar harbiy amaliyot boshlansa, bu Yamandagi mojaroni yanada kuchaytirib, mintaqadagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 18:28 31.07.2026. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!