 
        Air Astana aviakompaniyasi yo‘lovchilarni 10 fevraldan boshlab Saudiya Arabistoniga kirish uchun meningokokk infeksiyasiga qarshi vaksinasiya zarurligi haqida ogohlantirdi.
10 fevraldan Umra va Haj ziyoratiga borish niyatida bo‘lgan 1 yoshdan oshgan barcha yo‘lovchilar meningokokk infeksiyasiga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
- Meningokokkka qarshi tetravalent polisaxarid vaksinasi (ACYW-135) oxirgi 3 yil ichida va Jidda yoki Madinaga kelishdan kamida 10 kun oldin kiritilgan bo‘lishi kerak. Yoki tetravalent meningokokk kon’yugat vaksinasi (ACYW-135) so‘nggi 5 yil ichida va shaharga kelishidan kamida 10 kun oldin kiritilgan bo‘lishi kerak, — deyiladi xabarda.
Batafsil ma’lumotni Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytidan topish mumkin.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 Urush tufayli Putinning reytingi rekord darajada oshdi
                    
                     Urush tufayli Putinning reytingi rekord darajada oshdi
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”