Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sardobalik Kamolaga doktorlik diplomi topshirildi (FOTO)

Sardobalik Kamolaga doktorlik diplomi topshirildi (FOTO)

Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Navbahor” qishlog‘ida tug‘ilgan yosh tadqiqotchi Kamola Abrorxonovaning onlayn doktorlik dissertasiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqotchi “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini innovasion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Sardobalik Kamolaga doktorlik diplomi topshirildi (FOTO)

Kamola Abrorxonova Guliston shahridagi 2-pedagogika kollejida o‘qigan Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada va doktoranturada ta’lim olgan.

2020 yil 1 may erta tongda Sardoba suv ombori o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan hodisada uning oilasi ham katta talafot ko‘rgan. Sardoba suv ombori talafotlarini bartaraf etish uchun muhtaram Prezidentimiz to‘rt marta Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

2020 yil 15 may kuni Mirzaobod tumanida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning jabrlangan aholi bilan bo‘lgan suhbatida u ham o‘z fikr mulohazalari bilan qatnashdi.

Diplom topshirish marosimida fan doktorlari, professor va o‘qituvchilar so‘zga chiqib, K.Abrorxonovaning doktorlik ishini yuqori baholashdi. Oliy Attestasiya komissiyasi raisi A.Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi.

Kiritildi: 16:27 20.05.2020. O'qildi: 5156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!