Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. fuqaro D.M.ning 5 bosh qora molini jami 142 mln so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 32 mln so‘mini berib, keyinchalik qolgan 110 mln so‘m hisobidan 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 8 800 qalbki AQSh dollarini berib ketganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o‘tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Shu bois, o‘zaro hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali o‘zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo‘lasiz.