Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga o‘tkazildi

A A A
«Sardoba ishi» bo‘yicha 17 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga o‘tkazildi

AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev ishtirokida maxsus brifing o‘tkazildi. Unda Sardoba suv omborida yuz bergan texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etish va uning sabablarini o‘rganish natijalari yuzasidan ma’lumot berildi.

Abdulla Qo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, Sardoba suv omborini loyihalashtirish, qurish va to‘g‘onning ekspluatasiyasi jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi holati bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi, qurilish tashkilotlari hamda ekspluatasiya xizmatining 17 nafar mansabdor va mutasaddi shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ayni paytda ularga nisbatan ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga o‘tkazilgan.

Hozirgi vaqtda suv omborini qurish uchun ajratilgan byudjet mablag‘larining qonuniy sarflanganligi yuzasidan jinoyat ishi doirasida taftish va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mazkur voqeaga daxldor barcha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga yaqin kunlarda sud tomonidan huquqiy baho beriladi. Bu haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining yemirilishi natijasida yuz bergan suv toshqini oqibatida bir qancha aholi punktlari, bino-inshootlar hamda ekin maydonlari jiddiy talafot ko‘rdi. Eng achinarlisi, mazkur hodisa tufayli 6 nafar fuqaro qurbon bo‘lib, bir kishi bedarak yo‘qoldi.

Kiritildi: 14:39 30.04.2021. O'qildi: 6956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!