Bugun 29 iyun, 2024 yil, shanba

КИР

Saratonga qarshi xavfsiz dori yaratildi

Saratonga qarshi xavfsiz dori yaratildi

Gonkongdagi Xitoy universiteti olimlari nazofarenks saratonini davolashda ishlatiladigan dori tayyorlashdi. Nazofarengeal saraton – tomoqning yuqori qismida rivojlanadigan xavfli o‘sma hisoblanadi. Gonkong radiosi – RTHK xabar berishicha, mazkur preparat saraton hujayrasida “o‘z-o‘zini yo‘q qilish jarayoni”ni ishga tushiradi. Olimlar buning uchun Matrisa ribonuklein kislotasi (mRNA) texnologiyasidan foydalanish usulini ixtiro qildi. Dori laboratoriya sichqonlarida sinovdan o‘tkazildi va yaxshi natija berdi.

Tadqiqot mualliflari “aqlli bomba” deya ta’riflagan yangi preparat nafaqat zararli hujayrani yo‘q qiladi, balki zararkunandalar bilan kurashish uchun immunitet tizimi hujayralarini ham hosil qiladi.

Professor Anna Sang yangi dorining avvalgilaridan ustunligini ta’kidlab, sog‘lom hujayraga salbiy ta’sirni minimallashtirish xususiyatini qayd etgan.

– Barcha an’anaviy davolash usullari, asosan, tizimli bo‘lib, kimyoviy terapiya va radio terapiya usulida amalga oshiriladi, – deydi olima. – Bunda nafaqat saraton hujayralari, balki oddiy hujayralar ham ta’sirga uchraydi. Bu preparatning ta’sir qilish mexanizmi esa faqat Epstein-Barr virusi bilan kasallangan saraton hujayralariga qaratiladi. Natijada oddiy hujayralar xavfsiz qoladi, inson tanasi juda kam yon ta’sirga duch keladi.

Kiritildi: 12:16 22.06.2024. O'qildi: 1411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!