Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Sanoatni rivojlantirish uchun yo‘naltirilayotgan investisiyalar hajmi 113,2 trillion so‘mga yetdi

A A A
Sanoatni rivojlantirish uchun yo‘naltirilayotgan investisiyalar hajmi 113,2 trillion so‘mga yetdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,7 foizga oshgan.

MHTI bosh ilmiy xodimi Elvira Bikeevaning qayd etishicha, sanoatni rivojlantirish uchun yo‘naltirilayotgan investisiyalar hajmi 113,2 trillion so‘mgacha oshgan. Bu esa iqtisodiyotga kiritilayotgan jami investisiyalarning salkam yarmi – 49,9 foiz demakdir.

– Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 6,2 foiz punktga yuqoridir. Jumladan, tog‘-kon sektoriga kiritilgan investisiyalar ulushi 9,9 foizga, ishlab chiqarish sanoatiga kiritilgan investisiyalar ulushi 28,9 foizga, energiya ta’minoti sohasiga kiritilgan investisiyalar ulushi 7,9 foizga oshganini ko‘rishimiz mumkin.

Shu o‘rinda, tarmoqlarni tartibga solish va manzilli qo‘llab-quvvatlashning bevosita va bilvosita dastaklaridan foydalanish natijalari ko‘rsatkichlariga to‘xtalsak. Bunda tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarish hajmini barqarorlashtirish 100,4 foizni tashkil etdi. Energiya ta’minotida o‘sish sur’atini saqlab qolish 108,9 foiz, qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish sur’atini oshirish esa 106,4 foizdir.

Shuningdek, sanoat faoliyatidagi eng serdaromad 5 ta soha aniqlandi. Bu avtotransport vositalari, treylerlar va yarim tirkamalarni ishlab chiqarish, ichimliklarni ishlab chiqarish, metall rudasini qazib olish, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va kiyim-kechak ishlab chiqarish tarmoqlaridir, – dedi E.Bikeeva.

Kiritildi: 12:32 14.11.2023. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!