Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksichilik taqiqlanishi ortidan shaharda taksi narxlari 30% gacha oshdi.
“Yandeks Taksi” ma’lumotiga ko‘ra, haydovchilar soni 12% ga kamaydi, natijada 4 mingdan ziyod kishi ishsiz qoldi.
Ekspertlar bu cheklov kadrlar yetishmovchiligini yanada kuchaytirganini aytishmoqda.
Taqiq gubernator Aleksandr Beglov qarori bilan joriy etilgan.