Sankt-Peterburgda migrant kuryerlarining ishlashiga cheklov joriy qilindi va bu yetkazib berish narxlarini oshirdi.
Shahar gubernatori Aleksandr Beglov qarorni imzoladi. Uning matbuot xizmatiga ko‘ra, bu chora qora bozor mehnatiga qarshi kurashish va xizmat sifatiga oshirish maqsadida qabul qilindi. “Fontanka” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, taqiqning birinchi kunida ba’zi hududlarda yetkazib berish narxi 40% dan ortiq oshgan.
“Yandeks Dastavka” kompaniyasi xabar berishicha, yetkazib berish xizmatlariga bo‘lgan talab oshishi va kuryerlar soni kamayishi xizmatning mavjudligini kamaytiradi, narxlar oshadi va yetkazib berish vaqti uzayadi. Ba’zi kuryerlar esa buyurtma yig‘uvchi yoki omborchi sifatida ishlashga o‘tishi mumkin.