Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sanjar Matkarimov Ruxshona bilan nega ajrashgani haqida: "Qing‘ir ishlaridan xabar topdim"

Sanjar Matkarimov Ruxshona bilan nega ajrashgani haqida: "Qing‘ir ishlaridan xabar topdim"

Rejissyor Sanjar Matkarimov xonanda Ruxshona bilan nega ajrashgani haqida post qoldirdi.

«Ruxshona bilan 7 yil birga yashadik. Hozirda ajrashish jarayonidamiz. 2021 yilning 6 sentyabridan birga yashamayapmiz. Sababi, men sobiq xotinimning qing‘ir ishlaridan voqif bo‘ldim va u bilan qat’iy ajrashishga qaror qildim. Uni shu zahoti "Bola tilidan" ko‘rsatuvidan ham haydadim. Oradan bir oy vaqt o‘tib, ko‘rsatuvimni tiklash uchun yangi boshlovchi tanlash maqsadida kasting e’lon qildim. Izlanishlardan so‘ng aktrisa Aziza Yoqubova variantida to‘xtaldim. Yordamchim Nodir Yo‘lchiyevga aktrisaning kontaktini topishni buyurdim. Topilgach, o‘zim telefon qildim. Avvaliga Aziza rad qildi. Men vaziyatni to‘liq tushuntirganimdan keyin Aziza shaxsan Ruxshonadan ruxsat so‘radi. Biz birga ishlashga qaror qildik», — deydi rejissyor.

Kiritildi: 12:20 18.01.2022. O'qildi: 28431 marta. Fikrlar soni: 31 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!