Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona Nizomning 11-ilovasining matniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi tadbir tashkilotchisi amaldagi tartib bo‘yicha so‘raladigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga o‘tkaziladigan konsert-tomosha tadbirining batafsil tafsilotlarigacha yoritib berilgan aniq ssenariysini (talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning o‘zida yuboriladi) taqdim etadi.
Xulosa olish uchun Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi tadbir tashkilotchisi tomonidan hujjatlar tadbir o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin taqdim etiladi.
Hujjat bilan shuningdek, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi tadbir tashkilotchilaridan arizani ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda yig‘im undirilishi belgilanmoqda.
Ya’ni, yig‘imlar quyidagi tartibda undiriladi:
Mazkur yig‘im faqatgina konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotchilardan undiriladi.
Shu bilan birga ruxsat berishga oid talab va shartlarga ham qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ya’ni konsert beruvchidan:
Mas’ul xodim(lar)ga esa quyidagi huquqlar berilyapti:
Ma’lumot uchun, amaldagi tartib bo‘yicha tegishli tashkilotga tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbirning dasturi taqdim qilinadi. Ushbu dastur esa o‘zida tadbirning maqsadi, manzili, sanasi va vaqti hamda mutasaddi shaxslar haqida ma’lumotlarni saqlaydi.