Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

San’at yo‘nalishidagi ijodiy imtihonlar videotasvirga yozib olinadi

San’at yo‘nalishidagi ijodiy imtihonlar videotasvirga yozib olinadi

AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshevning aytishicha, endilikda ota-onalar institutlar hovlisiga kiritilmaydi.

Ular uchun tashqarida jarayonni televizion ko‘rish uchun sharoit yaratiladi.

Kuzatuvchilar rangli va ovozli tarzda abituriyentlarni kuzata oladi. Mazkur institutda bu yil eng ko‘p hujjat topshirgan. Ma’lum qilinishicha, 15 387 abituriyent ayni yo‘nalishda o‘qish uchun talabgor bo‘lgan. Yurtimizdagi taniqli san’atkorlar imtihon jarayonida ishtirok etadi.

Bu yil kasbiy imtihon topshirgan har bir talabgor videotasvirlarga olinadi va keyinchalik ochiq-oydin ko‘rsatiladi. Qo‘yilgan baholar tahlil etiladi.

Kiritildi: 15:25 10.08.2020. O'qildi: 1879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!