Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

San’at arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

San’at arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

O‘zbekiston madaniyati va san’ati judolikka uchradi. Teatr san’ati darg‘asi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Mansur Ravshanov 1937 yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan.

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor bo‘lib ishlagan.

Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrining vujudga kelishiga katta hissa qo‘shgan.

Mansur Ravshanov "Alpomish", "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi", "Jononga bordim bir kecha", "Alisher Navoiy", "Parvona", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Alpomishning qaytishi" kabi yuzlab spektakllarni sahnalashtirgan.

Kiritildi: 11:27 11.04.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!