Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Samsung yangi buklama smartfon ishlab chiqarish ustida ish boshladi

Samsung yangi buklama smartfon ishlab chiqarish ustida ish boshladi

Samsung Electronics Co kompaniyasi ikkinchi buklama ekranli smartfonini ishlab chiqarish ustida ish boshladi. Yangi qurilma displey tomoni bilan ichkariga kvadrat shaklida buklanadigan bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz nashri Bloomberg'ga asoslanib.

Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, yangi smartfon 2020 yilning birinchi yarmida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Kompaniya bu qurilmasida zamonaviy texnologiyalar va buklama smartfonlar dizaynini uyg‘unlashtirmoqchi.

Smartfonning ekrani diagonali 6,7 dyuym bo‘ladi. Bloomberg suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilma 2019 yilda taqdim etilgan Galaxy Fold smartfoniga nisbatan yupqaroq va arzonroq bo‘ladi.

Qurilma shuningdek, bitta old kamera va ikkita asosiy kamera bilan jihozlanadi. Kompaniyaning o‘zi bu xabar borasida hozircha izoh bermagan.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 22:15 03.09.2019. O'qildi: 1581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!