BYD yaqindan Galaxy Watch aqlli soatiga raqamli kalitlarni qo‘llab-quvvatlagan birinchi Xitoy avtomobil brendiga aylandi. Yangi funksiya NFC orqali ishlaydi va hozirda faqat Xitoyda mavjud, keyinchalik boshqa bozorlarda ham paydo bo‘lishi mumkin.
Raqamli kalitdan Galaxy Watch 7, Watch 8, Watch 8 Classic va Galaxy Watch Ultrada foydalanish mumkin. Buning uchun Samsung Smart Card (5.1.38 yoki undan keyingi versiya) va BYD Auto (9.3.0 va undan keyingi versiyalar) ilovalarini o‘rnatishingiz kerak.
BYD shu vaqtgacha Android, HarmonyOS va iOSda raqamli kalitlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqdi. Smartfonlarda ular Bluetooth, bulutli xizmat, NFC va UWB protokoli orqali ishlaydi. Ammo Galaxy Watch hozirda faqat NFC sxemasini qo‘llab-quvvatlaydi. Raqamli kalitni oila a’zolari yoki do‘stlari bilan bo‘lishish mumkin - u telefonda ham, soatda ham ishlayveradi.