Janubiy koreyalik texnogigant 11 fevral kuni Galaxy S20, Galaxy S20 Plus, Galaxy S20 Ultra flagmanlarini hamda Galaxy Z Flip buklamafonini taqdim qiladi. XDA Developers resursining bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) endi ushbu modellarning narxlarini e’lon qildi.
Afsuski, bu ma’lumotlar sizni ham xursand qilmaydi – ular avval “sizib chiqqan” xabarlarda aytilganidan ancha qimmat ekan! Kompaniya ularni Evropa bozoriga quyidagi narxlarda taqdim etmoqchi:
Vaynbaxning ta’kidlashicha, AQSh bozorida Galaxy S20 modellari tegishlicha 850, 950 va 1200 dollardan sotilishi kutilmoqda. Flagmanlarning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan variantlari esa taxminan 100 yevroga arzonroq bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, kompaniya saytida rasman bu yilgi Samsung Galaxy Unpacked tadbiri 11 fevral kuni, AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edi.
Samsung Galaxy Unpacked mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da boshlanadi, Toshkent vaqti bilan esa bu 12 fevralga o‘tadigan tunning qoq yarmiga to‘g‘ri keladi.
Xohlovchilar marosimni ushbu havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatishlari mumkin.
Manba: sof. uz