Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

SAMSUNG brendi haqida, siz bilmagan faktlar

SAMSUNG brendi haqida, siz bilmagan faktlar

Sizlarning deyarli har biringiz mazkur brend texnikasidan foydalangansiz yoki foydalanmoqdasiz. Samsung hozirgi kunda – bu kichik va yirik elektronikali maishiy texnikaning barcha turi. Samsung qanday qilib hozirgi darajaga yetishganini bilasizmi? Buning tarixi juda qiziq.

Barchasi 1930 yillarda boshlandi. Koreyaning unchalik katta bo‘lmagan Tegu shaharchasidagi tadbirkor Li Byon Chxol tegirmonda guruchli un chiqarib qishloq do‘konchasida sotardi. 1938 yilda u 40 ishchi o‘rinli firmaga asos soldi va guruchli un, lag‘mon va quritilgan baliqlarni Xitoyga sotishga mo‘ljallangan o‘z savdo yo‘lini tikladi. Savdo rivojlana boshladi va 1948 yilda Li Byon Chxol o‘z kompaniyasini – Samsung Trading Company nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazdi – o‘sha davrda ommabop va ambisiyali bo‘lgan amerikacha nom asoschini uzoqni ko‘zlab qilgan rejasini ko‘rsatib turardi.

Kompaniya tez suratlarda rivojlana boshladi, ishlab chiqarish va eksport mahsulotlari sonini kengaytirdi – tikuv mashinalari, shakar, po‘lat, mineral o‘g‘itlar eksportini yo‘lga qo‘ydi. Nafaqat Xitoyga, yana Gonkong va Makao bilan savdo aloqalarini yo‘lga quydi. (Makao sobiq Portugaliya koloniyasi, ayni vaqtda Xitoy hududi).

Koreya urushi davri (1950–1953) Samsung Trading Co uchun og‘ir keldi, lekin kompaniya, iqtisodiy inqiroz sharoitida asosiy e’tiborini yirik kompaniyalarga qaratib ularni kredit, yengilliklar va davlat buyurtmasi bilan ta’minlagan (o‘sha davrda Samsungdan tashqari yana Daewoo, Hyundai kabi kompaniyalar tanilgan edi) asosan Janubiy Koreya hukumati yordamida omon qoldi va barcha muammolarni (vayron bo‘lgan zavodlar va omborxonalar) yenga oldi. Va 60-70 yillarga kelib Samsung mamlakatning yetakchi korporasiyasiga aylandi.

1969 yilda kompaniya tarixida birato‘la ikki muhim xodisa ro‘y berdi. Ilk marta ingliz tilidagi yorliq (logotip) yaratildi va Sanyo kompaniyasi bilan hamkorlikda oq–qora televizorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bir necha yildan so‘ng mazkur qo‘shma tashkilot Samsung Trading Co nazoratiga o‘tadi va Samsung Electronics korporasiyasiga aylanadi. U 1977 yilda rangli televizor, 1979 yilda videomagnitofon, 1983 yildan boshlab esa kompyuterlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

1991 – 1992 yillardan boshlab Samsung Electronics mobil telefon ishlab chiqarishni boshladi.

1993 yilda Samsung Electronics 2015 yilgacha foydalanilgan yorliqni (logotip) joriy etadi.

Keyingi yillarda rivojlanish tez suratlarda o‘sa boshladi. Samsung keng ko‘lamli boshqa bo‘linmalar tashkil qildi, ayni damda ushbu korporasiyaning nafaqat elektronika bilan shug‘ullanadigan bo‘limlari mavjud, balki sug‘urta, kimyo sanoati, og‘ir sanoat, quruvchilik, dam olish maskanlari, avtomobil sanoati bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalari mavjud.

Dunyoni 828 metr balandlikka teng, eng baland Burj – Xalif minorasi binosi 2004 – 2010 yillarda Samsung korporasiyasining Samsung Engineering bo‘linmasi tomonidan qurilgan.

Samsung Group uyushmasining MDH davlatlari bozorida asosan elektron sanoati namunalari taqdim etilgan:

1. Samsung Electronics – maishiy xizmat texnikasi (muzlatkichlar, kiryuvish mashinalari, chang yutgichlar), audio – video qurilmalari (LCD va plazmali televizorlar, uy kinoteatrlari, mini va mikro tuzilmalar), uyali telefonlar, ofis texnikasi (smartfonlar, monitorlar, noutbuklar, printerlar va h.).

2. Toshiba – Samsung – qattiq disklar, videoga va rasmga tushirish uskunalari.

3. Samsung SDS – operativ xotira.

Shuningdek, Koreyada Renault Samsung Motor zavodida ishlab chiqariladigan yengil avtomobillar ham taqdim etilgan. Mazkur avtomobillar Nissan va Renault: Renault Koleos? Nissan Almera Classic savdo belgisi ostida sotuvga chiqariladi (ayniqsa, Rossiyada juda mashhur avtomobil savdo belgilari).

Bugungi kunda Samsung brendi uchramaydigan hayot sohasini topish qiyin. Kompaniya tarixi – omad sari harakat qilish, faollik, fidoyilik va o‘z imkoniyatlaringga ishonish, mo‘jizalar yaratishga qodirligiga yaqqol misol bo‘la oladi. 

Darvoqe, Samsungni Samsung Display bo‘linmasi korporasiyaning asosiy raqobatchisi hisoblangan Apple korporasiyasi uchun amoled  displeylari (ekran) ishlab chiqaradigan kompaniya ekanligi bilarmidingiz?

Bekzod Musurmonov internet materiallari asosida tayyorladi

Kiritildi: 06:15 31.08.2019. O'qildi: 4142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!