Turkiya Harbiy-havo kuchlarining S-130 samolyoti Gruziyada qulashi oqibatida halok bo‘lgan 20 nafar turk harbiysining jasadi kecha Anqaradagi sud-tibbiy ekspertiza bo‘limiga yetkazildi.
Tbilisidan Anqaraga olib kelingan jasadlar dastlabki tekshirish va shaxsini aniqlash uchun tibbiy markazga yetkazilgan.
Kerakli muolajalar yakunlangach, ertaga halok bo‘lgan askarlar bilan vidolashuv va dafn marosimlari bo‘lib o‘tadi.