Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

«SamAuto»ning yangi avtobuslari Toshkent bo‘ylab harakatlanishni boshlamoqda

A A A
«SamAuto»ning yangi avtobuslari Toshkent bo‘ylab harakatlanishni boshlamoqda

Toshkentda Samarqand avtomobil zavodi «SamAuto» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan SAZ LE60 rusumli avtobuslarning birinchi partiyasini rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zavtosanoat axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu texnikadan Toshkentda jami 200 donasi ishlaydi. Joriy yil oxirigacha butun mamlakat bo‘ylab 390 dona yangi avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

SAZ LE60 modelidagi eng muhim o‘zgarishlar:

▪️yangi, yanada quvvatli kondisioner o‘rnatildi;

▪️havo ta’minlash tizimi takomillashtirildi;

▪️yo‘lovchilar uchun 6 dona va haydovchi uchun 1 dona USB-portlar bilan jihozlandi;

▪️avtobus polining orqa qismi qavat darajasi pasaytirildi;

▪️avtobusning old o‘tish qismi kengaytirildi;

▪️elektron yo‘nalish ko‘rsatkichlari yangilandi;

▪️validatorlarni o‘rnatish uchun maxsus joy tayyorlandi (ATTO kartalari uchun);

Kiritildi: 09:45 19.04.2022. O'qildi: 3716 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!