Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqanddagi chiqindixonada chala tug‘ilgan chaqaloq o‘ligi topildi

Samarqanddagi chiqindixonada chala tug‘ilgan chaqaloq o‘ligi topildi

Holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Samarqand shahri, Qoravus dahasidagi chiqindixona yaqinida chala tug‘ilgan chaqaloq o‘lik holda topildi. Bu haqda Sevimli telekanali xabar berdi.

O‘lik bola Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi tomonidan 7 yanvar kuni ertalab topilgan, uning aytishicha, chaqaloqning bosh va oyoq qismida jarohatlar bo‘lgan.

«Boshi va qo‘li tilingan edi. It yoki biror nima (tilganmi), tushunmadim. Kiymi yo‘q edi, oyoqlari hojatxona qog‘oziga o‘ralgan edi», dedi xodim.

Hodisa sodir bo‘lgan hududda kuzatuv kameralari o‘rnatilmagan.

13-oilaviy poliklinika akusher ginekologi Aziza Berdiyeva so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq 22 haftalik va kindigi kesilmagan homilaga mos keladi.

«U 4−5 soat oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Davlat tug‘uruqxonalariga murojaat qilmay, uyda qilingan tug‘ruqqa o‘xshadi. Rivojlanishi normal, qo‘l-oyoqlari butun, tirnoqlari shakllangan, 500 gramm atrofidagi qiz jinsli chaqaloq», dedi shifokor.

Holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Kiritildi: 14:54 09.02.2025. O'qildi: 2526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!