Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda “ZIL”ning ko‘prikdan tushib ketishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Samarqandda “ZIL”ning ko‘prikdan tushib ketishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand shahrida 28 iyul kuni "ZIL" yuk mashinasi Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishgan chorrahadagi ko‘prikdan tushib ketgan edi.

Samarqand shahrida "ZIL" yuk mashinasining ko‘prikdan tushib ketishiga haydovchining mast holda avtomobil boshqargani sabab bo‘lgan. Bu haqda Yo‘l harakati xizmati bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Tibbiyot xodimlari tomonidan haydovchi tekshiruvdan o‘tkazilganda haydovchi spirtli ichimlik iste’mol qilib, transport vositasini boshqargani aniqlangan”, - dedi Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Xurshid Safarov

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida "ZIL" yuk mashinasi ko‘prikdan tushib ketgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 12:29 31.07.2022. O'qildi: 3794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!