Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqandda zaharlanish natijasida bir oilaning 3 farzandi halok bo‘ldi

A A A
Samarqandda zaharlanish natijasida bir oilaning 3 farzandi halok bo‘ldi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, 12 yanvar soat 10:00 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi D.J.(1986 y.t.), uning turmush o‘rtog‘i S.O.(1991 y.t.), voyaga yetmagan farzandlari S.P. (2012 y.t.), M.P.(2016 y.t.) va SH.P.(2019 y.t.) yashash uyi xonasida is gazidan zaharlanish alomatlari bilan yaqin qarindoshlari tomonidan topilgan.

Oqibatda voyaga yetmagan S.P., M.P. va SH.P. hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda D.J. va S.O.ga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:27 13.01.2021. O'qildi: 4184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!