Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda yo‘lovchi “tomosha” qo‘ydi

Samarqandda yo‘lovchi “tomosha” qo‘ydi

“Uralskiye avialinii” parvozi bilan Moskvadan uchib kelgan yo‘lovchi samolyotda "bomba bor" deb turib oldi.

Barcha yo‘lovchilar samolyotni tark etganidan so‘ng 46-yoshli Aleksandr M. ekipajga samolyot “minalashtirilganini” ma’lum qilgan va samolyotni tark etishdan bosh tortgan. Aviakompaniya vakillari harchand urinmasin uni ko‘ndira olmagan.

Shundan so‘ng uni Ichki ishlar xodimlari IIV bo‘limiga olib ketishgan. U yerda ham yo‘lovchi samolyotda portlovchi moddalar borligini ta’kidlashda davom etgan. Bort qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilgan va hech qanday shubhali moslama topilmagan.

Oqibatda “Samarqand—Moskva” qaytish parvozi deyarli uch soat kechikib uchgan.

Kiritildi: 21:19 17.07.2024. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!