Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda yangi tartibdagi to‘y qilish nizomini buzgan oila aniqlandi

Samarqandda yangi tartibdagi to‘y qilish nizomini buzgan oila aniqlandi

2020 yilning 1 yanvaridan “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Nizom kuchga kirgan edi.

Ushbu nizomni buzgan birinchi oila aniqlandi deb yozmoqda STV.

Samarqand viloyatida 4-5 yanvar kunlari o‘tkazilgan bir nechta to‘ylarda 200 kishidan ortiq kishilar taklif qilingan. Ana shunday to‘ylarning biri Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Ahror Vali” mahallasida bo‘lib o‘tgan. To‘yga 370 nafar mehmonlar taklif etilgan.

To‘yga tashrif buyurgan "Shirinobod" MFY vakillari to‘y va tantanalarni o‘tkazish tartibini buzganlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilayotgani ta’kidladi.

Kiritildi: 22:00 09.01.2020. O'qildi: 6260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!