Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda xotinini begona bilan ko‘rib qolgan erkak uni o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mgan

A A A
Samarqandda xotinini begona bilan ko‘rib qolgan erkak uni o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mgan

Samarqandda qaynotasining uyida xotinini begona erkak bilan ko‘rib qolgan 27 yoshli yigit uni o‘ldirib, o‘z hovlisiga ko‘mgan. Jinoyat tafsilotlari haqida “Bu kun” informasion dasturida batafsil aytib berildi.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, yigit qaynotasining uyida yashab kelayotgan ayolini olib ketish uchun borgan. Darvoza ichkarisidan ayolining begona erkak bilan shaxsiy masalada gaplashayotganini eshtirib qoladi. Bundan g‘azablanib,  devor oldida turgan o‘tkir tig‘li jism bilan B.ning peshona qismiga va oshxona pichog‘i bilan tanasining boshqa bir necha qismlariga urib, qasddan o‘ldirgan. Ma’lum bo‘lishicha, er-xotinning 3 farzandi bo‘lgan.

“Avval ham bunga o‘xshash holat bo‘lgan edi. Bu odamni uyimda ko‘rganimda, uni telefonimga videoga olib, oilamni tinch qo‘yishi haqida ogohlantirgandim. Ikkinchi bor bu hol takrorlangach, chidab turolmadim va u bilan urishib ketdim va o‘ldirib qo‘ydim”, deydi gumonlanuvchi. 

Yigit jinoyatini yashirish maqsadida marhumning jasadini poliyetilen paketga o‘rab, o‘z mashinasida yashash xonadoniga olib borgan va hovlisiga  ko‘mgan. 

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:56 17.11.2020. O'qildi: 5800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!