Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Samarqanddagi gaz portlashida bir oilaning 4 a’zosi vafot etdi

Samarqanddagi gaz portlashida bir oilaning 4 a’zosi vafot etdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida bir oilaning to‘rt a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqada viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 17 mart kuni soat 05:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani, “Madrasa” mahallasida yashagan A.R. uyidagi tabiiy gazga mo‘ljallangan isitish pechini ehtiyotsizligi bilan noto‘g‘ri o‘t oldirganidan qisqa muddatli chaqnash kelib chiqqan. Oqibatda A.R, uning turmush o‘rtog‘i K.F, nabiralari I.A. hamda O.A. 50-60 foiz kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, 26 mart kuni K.F. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida, voyaga yetmagan I.A. va O.A.lar RSHTYOIM Samarqand filialida, 27 mart kuni esa A.R. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: 10:11 28.03.2023. O'qildi: 1767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!