Bugun 8 fevral, 2023 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda turmush o‘rtog‘idan qochgan ayol begona erkakdan yordam so‘radi

Samarqandda turmush o‘rtog‘idan qochgan ayol begona erkakdan yordam so‘radi

"Samarqandda ayol turmush o‘rtog‘idan qochib qutulish uchun birovning mashinasiga o‘tirishga majbur bo‘ldi" sarlavhasi ostidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat berildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining yozishicha, Samarqand shahridagi ko‘chalarning birida bir ayol va erkak o‘zaro janjal qilishayotgan vaqtida, ayol ko‘chadan o‘tib ketayotgan mashinaga o‘tirib, IIBga qo‘ng‘iroq qilishni, eri uni urayotganligini aytgan.

Haydovchi bu haqda 102 raqami orqali murojaat qilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 01:16 28.11.2022. O'qildi: 7308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!