Temir yo‘li atrofidagi qurigan xas-xoshaklar yonib ketdi. Bunga sabab, temir yo‘ldan og‘ir yuk tashuvchi teplovozni shu yerdan harakatlanishi jarayonida undan chiqqan uchqun atrofda qurigan xaslarni yonishiga olib kelgan.
Holat Samarqand shahri Cho‘pon ota tepaligining orqa tomonidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofida sodir bo‘lgan.
Ayni paytda ushbu holat FVB o‘t o‘chirish xizmati xodimlari tomonidan bartaraf etildi va Samarqand shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan holatga huquqiy baho berish maqsadida qonun talablari doirasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.