Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda tarbiyalanuvchilari zaharlangan MTM faoliyatini davom ettirgani ayniqlandi

Samarqandda tarbiyalanuvchilari zaharlangan MTM faoliyatini davom ettirgani ayniqlandi

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Samarqand shahridagi 80, 98 hamda 106-sonli maktabgacha ta’lim muassasalarning 12 nafar tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi shahar IIO FMB xuzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan edi. Xabarlarda MTM faoliyati to‘xtatilgani aytilgandi. Biroq, MTMlar bolalarni qabul qilishda davom etgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda. 

MTMlarning faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligiga qaramasdan ular noqonuniy ravishda faoliyat yuritayotgani aniqlangan. Bunga esa faoliyatni to‘xtatish bilan bog‘liq rasmiy xabarnomalar MTM rahbarlariga kechikib yetib borgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

“Shahar DSENM tomonidan 98 va 106-sonli MTMlar faoliyatni vaqtincha to‘xtatish haqidagi qarorlari, kechikib MTM rahbarlariga taqdim qilinganligi sababli qisman faoliyat yuritgan”, deyiladi Bosh prokuratura axborotida. 

Yuqoridagilarga ko‘ra, Samarqand shahar prokurori tomonidan viloyat DSENM bosh vrachi va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i nomiga 2 ta taqdimnoma kiritilgan.

Kiritildi: 14:10 16.10.2019. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!