Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda tadbirkorning 2 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan inspektor ushlandi

Samarqandda tadbirkorning 2 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan inspektor ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Samarqand suv ta’minoti” AJning Oqdaryo filiali inspektori M.A. “Q.S.” MCHJga qarashli xususiy klinikada tegishli ruxsatnomasiz ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi holati bo‘yicha hisoblangan 147 mln so‘m zararni yo‘q qilib berishi evaziga 2 200 AQSh dollari talab qilib, ushbu pullarni fuqaro F.I. inspektor M.A.ning topshirig‘iga asosan tadbirkordan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!