Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak ishlab chiqargan xususiy korxona aniqlandi

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak ishlab chiqargan xususiy korxona aniqlandi

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Paxtachi tumanidagi xususiy korxona rahbari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tto‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, qaror talablariga zid ravishda, texnik shartda ko‘rsatilgan loyihadan tashqari o‘zboshimchalik bilan gaz quvuri o‘tkazib, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan va ohak ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, mazkur korxona 387245 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi natijasida davlat manfaatlariga 580 mln. so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:51 05.12.2023. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!